Bola pulidan exson

Assalomu alaykum! Meni 3 ta farzandim bor Alxamdullilax. 3-farzandim 4 oylik. Shu farzandim uchun davlat tomonidan bola parvarishi uchun pul ajratib berishdi 2 yoshgacha olaman shu pulni. Men shu puldan xar oy 50 ming so‘m xayriya jamg‘armalariga o‘tkazsam bo‘ladimi? O‘zimiz ja boy yashamimiz, o‘rtaxol oilamiz. Men shunday qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz uni o‘tkazishga haqqingiz yo‘q. O‘sha pullarni to‘plab saqlab qo‘ying va o‘sha pulga bolangizni pullik, yuqori darajali maktablarda o‘qiting. U pul sizniki emas bolaniki, xohlagan narsangnizga ishlatishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar