Otamning vafotlaridan keyin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, otam 1949-yilda tavvalud topganlar. 60 yoshga to‘lganlarida xaj safariga borib keldilar. 2018-yilning fevral oyida vafot etdilar. Savolim, nafaqaga chiqqunlariga qadar o‘qilmay qolgan namozlarga qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida namoz har bir insonning zimmasiga farzi ayndir. Uni o‘zi o‘qishi shart, o‘rniga biror narsa berish bilan ado bo‘lmaydi. Fuqaholar “shoyad foyda bersa” deb ro‘zaning fidyasiga qiyos qilib namozni ham fidyasini bersin deganlar. Albatta bu namoz o‘qishga harakat qilib, namozlarni ado qilib, lekin qazolarini o‘qib ulgurmay o‘lib ketganlar haqida. Namoz fidyasi deb "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 176 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar