G‘iybatga qo‘shilib qolmaslik
Assalomu alaykum! Ustozlar, bu savolni sizlarga bir necha yillardan buen ezgim kelardi, lekin avval uzim amallarini qilib xarakat qilib ko‘ray, ustozlarni vaqtini zoe ketkazmay deb o‘yladim. Oldingi yashash tarzimdan kiyinish, yurish turishimdan uyalaman. O‘zimga qo‘ldan kelganicha kuchli taqvo qilishni shart qilib, satrli ayollar safiga qo‘shildim. Gunox ishlardan qo‘ldan kelgancha tiyilishga bel bog‘ladim, lekin ming afsus gunoxlarim kamaymayapti. Xar kuni o‘zimni botqoqqa botib ketaetganday xis qilaman, eng ko‘p qilinayotgan gunoxim bu g‘iybat. Farzandlarimni va o‘zimni g‘iybat qilmaslikka undayman. Biroq yaqinlarim, qaynonam, onam, opa-singillarim yig‘ilsak gap faqat g‘iybat bilan to‘lgan bo‘ladi. Boshida ularga yaxshi gaplar muloyimlik bilan buni zinodan xam yomonligini tushuntirishga xarakat qildim, jaxllari chiqib ketdi. O‘zim g‘iybat xaqida ko‘p o‘qishga xarakat qildim, yaqinlarim bilan suxbat chog‘ida g‘iybat qilinayotgan odamlar xaqida yaxshi xayolga borishligiga undadim, lekin bu xam foyda bermaydi. Yaqinlarimga, o‘zimdan kattalarga tanbex berishdan, ularni izza qilishdan qo‘rqaman. Lekin shu o‘rinda iymonim sustligidan xam xafa bo‘lib ketaman. Maslaxat bersangiz, indamay chiqib ketsam ularni gunoxlari bilan yolg‘iz qoldirgan bo‘laman, qanchalar yumshoqlik va xalimlik bilan gapirsam xam ularni uyaltirib qo‘yishdan qo‘rqaman. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutganim ma’kul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “An’om” surasida marhamat qiladi: وَإِذَا رَأَيْتَ الَّذِينَ يَخُوضُونَ فِي آيَاتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّى يَخُوضُواْ فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ الشَّيْطَانُ فَلاَ تَقْعُدْ بَعْدَ الذِّكْرَى مَعَ الْقَوْمِ الظَّالِمِينَ 68. Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!
Iymon masalasida zid bo‘lgan qavm bilan birga o‘tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o‘sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo‘lsalar, ularning bu istehzolarini tinglab o‘tirish hech to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamning «zolim qavmlar» – mushriklarning o‘shanday majlislarida o‘tirishlarini man qilmoqda.
«Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho‘ng‘iyotganlarni ko‘rgan chog‘ingda, to undan boshqa gapga sho‘ng‘igunlariga qadar ulardan yuz o‘gir».
Demak, unday qavm qurgan majlisga yaqinlashish ham mutlaqo mumkin emas. Agar gap nima haqida ketayotganidan bexabar holda yoki ushbu amri ilohiyni unutib qo‘yib, ular bilan o‘tirib qolingan bo‘lsa,
«Agar shayton esingdan chiqargan bo‘lsa, eslaganingdan so‘ng zolim qavmlar bilan o‘tirma!» degan ko‘rsatmaga binoan, u majlisdan darhol turib ketish lozim. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda sizga o‘xshab qo‘pollik qilib qo‘yadi, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Siz ilm o‘qing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:12 | Savol-javoblar | 155 | Ruhiy tarbiya