Savdoda ishlatiladigan so‘zlar
Assalomu alaykum! 1). Men bozorda bir do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlayman. Savdo qilayotganda narx to‘g‘ri kelsa xam "ozgina xisobimiz chiqmayapti", "bu narxga to‘g‘ri kelmaydi" degan so‘zlarni ko‘p ishlatamiz. Agar narx to‘g‘ri kelishiga sotib yuborsam xo‘jayin “yana qo‘shing deganizda qo‘shardi qimmatroqqa sotardik” deb urushib beradilar. Men haromdan juda qo‘rqaman, savdoda xam yolg‘on ishlatishni xoxlamiman. Anna shu aytayotgan gaplarimiz yolg‘on bo‘lib qolmayabtimi? Bizlarga qanday nasihat qilasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Jarir ibn Abdulloh Bajaliy roziyallohu anhu bir kun bir kishidan ot sotib oldi. Egasini uni 300ga baholagan edi. Jarir ibn Abdulloh unga e’tibor qaratib narxini oshiraverdi, hatto 800gacha chiqardilar va “Oting bundan ko‘piga ham loyiq” dedilar. U kishidan nega bunday qilganlarini so‘raganlarida u kishi “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir musulmonga xayrihoh bo‘lishimizga buyurganlar” dedilar. Siz aytagan ish esa birovning haqqini yulib olishga kiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat oldilar. Shunda sahobalar tahorat suviga shoshildilar. Kimdir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llaridan tushgan suvni yuzlariga surtdi, kimdir ichdi yana kimdir nimalar qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Nega bunday qilyapsizlar” deb so‘radilar. “Sizga muhabbat qilganimiz uchun” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men sizlarga bir amalni aytaymi, uni qilsalaringiz Alloh va rasuliga muhabbat qilgan bo‘lasizlar va sizlarning muhabbatingiz Alloh va rasulining nazdida maqbul bo‘lib Alloh va rasuli ham sizlarni yaxshi ko‘radi” dedilar. “Ha ya Rasululloh” deyishdi. “Uch amal bor. Shuni qilsalaringiz Alloh va rasuliga muhabbat qilasizlar, Alloh va rasuli ham sizlarga muhabbat qiladi. 1-gapirsangiz faqat rost gapiring. Ya’ni hech qachon yolg‘on gapirmang. 2-omonatga xiyonat qilmang. Ya’ni hech kimsa haqqida makkorlik qilmang. 3-qo‘shningizga yaxshi muomalada bo‘ling” dedilar. Yana bir hadislarida “Mo‘min yolg‘onchi bo‘lishi mumkin emas” dedilar. Yana bir hadislarida “Mo‘min mo‘minning haqqiga xiyonat qiladigan makkor bo‘lmaydi” dedilar. Afsuski hozirgi kunda yolg‘on gapirish, boshqalarni molini nohaqdan qo‘lga kiritish mahorat bo‘lib qoldi. Xususan mashina bozorlarida, mol bozorlarida, korxona va zavodlarda va yana hozirgi tilda aytilganda prorab bo‘lib ishlovchilar xonadon egalariga buyurtma berganlarni haqqini makkorlik bilan o‘g‘irlashmoqda. Do‘kondan oladigan narsalarning ro‘yxatini tuzib berilsa do‘konchi bilan kelishib uy egasini haqqini o‘maryapti. Ustalar bilan til biriktirib uy egasini haqqini o‘maryapti. Siz kabi hunarmandlar o‘rtasiga tushib mijozning haqqini o‘g‘irlayapti. Eng achinarlisi o‘sha urib qolvuchilarni ma’lum bir yil o‘tib badaniga pes tushmoqda, rak kasaliga duchor bo‘lmoqda, o‘g‘irlab edirib katta qilgan bolasi kuydirmoqda. Qizi erdan ajrashib kelib buzuqlik yo‘liga kirib ketmoqda. Xotini o‘zgalar bilan harom aloqaga kirib ketmoqda. Bularning barchasining gunohi esa makr qilganning zimmasida qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat