Qarindoshimni muomalasi

Assalomu alaykum! Men musofirchilikda ishlayman. Ish vaqtimda vaqt topolmaganim uchun peshin, asr, shomni qazo qilib o‘qishimga to‘g‘ri kelyapti. Ishdan kech kelaman va hamma tinchiganidan keyin namoz o‘qiyman, hech kimga xalaqit bermay deb. Men namozni juda sekin o‘qiyman, namoz o‘qishni boshlasam bir qarindoshim doim gapiradi. Bezor qilding deydi, doim shu odam bilan janjalashgim keladi, lekin Xudodan qo‘rqaman. Men azon aytsam joyidan turib gapiradi menga. Shunga o‘ylanib qoldim men o‘qiydigan namozim qabul bo‘ldimikan deb. Doimo shu qarindoshim norozi bo‘ladi namoz o‘qigan paytim, rossa tinch o‘qisamam bir bahona topib gapiradi. Shu qarindoshim hamma namozni bir paytda o‘qib oladi. Ya’ni shomni o‘qigan payt xuftonni ham o‘qib oladi. Bunday o‘qima desam menga jahl qiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlarni vaqtida o‘qing. Farzlarni o‘zini bo‘lsa ham. Inson hamjinsini ko‘rganida, u bilan suhbatlashganda rohatlanadi. Nojinsni ko‘rganda kayfiyati buziladi. O‘g‘ri o‘g‘rini ko‘rganida xursand bo‘ladi, buzuq buzuqni ko‘rganida xursand bo‘ladi. Mashhur faylasuf Jolinus bir tabib oldiga kelib “menga majnunlikka qarshi dori bering” dedi. Tabib Jolinusga yaxshilab qarab “men sizda jinnilik alomatlarini ko‘rmayapmanku, dorini nima qilasiz” dedi. Shunda Jolinus “yo‘lda kelayotganimda bir majnunga yo‘liqdim. U meni ko‘rib juda xursand bo‘lib, men bilan gaplashgisi keldi. Shundan bildimki menda ham biroz majnunlik boshlanibdi. Chunki jinni jinnini ko‘rganda xursand bo‘lib, sog‘lomni ko‘rganida g‘ashi keladi” degan ekan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 141 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar