Tushda so‘z qilgan odamlarni ko‘rish
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, menda eskidan tushumda bazi holatlar yuz berib turadi. Qachonki men haqimda biron bir guruh odamlar gapirishsa, muhokama qilishsa, yaxshi gapirishsa, g‘iybat qilishsa hatto fitna qilishmoqchi bo‘lishsa ham tushumda ayon bo‘lib qolaveradi. Hatto bazida gapiruchilarni bemalol taniy olaman ham. Ustozlar bu qanday holat? Bazida Alloh o‘qiyatgan namozim hurmatidan shunday qo‘llarmikin desam ja zo‘r namazxon ham emasman. Taqvodor degidek ilmim ham yo‘q. Bir gunohlariga g‘arq bo‘lgan ojiz bandaman. Ustozlar men qanday yo‘l tutay? Yoki bu vasvasami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz arablardagi bir maqolga tushib qolmang. Unda “A’robiy ikki rak’at namoz o‘qib Allohdan vahiy kutishni boshladi” deyilgan. Unaqa vasvasalarga e’tibor qilmang. Haqiqatda sizga ba’zi narsalar bilintirilsa, buni Allohni rahmati deb, o‘tib keting. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar