Namozda bardavom bo‘lish
Assalomu alaykum! Hurmatli utozlar, sizlarni bir oz qimmatli vaqtingizni olaman. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Ushbu savolimni qay yo‘sinda boshlashga ham hayronman. Qisqa qilgan xolda boshidan boshlashga qaror qildim. Men hozir Quroni karimni takrorlashni boshladim. So‘ng namoz o‘qishni ham boshladim. Nomoz o‘qishda bardavom bo‘lish uchun nima qilish zarur. Men yana nomoz o‘qimay qo‘yishda qo‘rqyabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz taqvo va ibodatda bardavom bo‘ling. Ko‘proq Allohni zikr qilib duolarda bo‘ling. Imkon topsangiz solih isonlar bilan birga bo‘ling. Ertalab va kechda o‘qiladigan sunnat duolarni ko‘rpoq o‘qing. Alloh taolo “Tavba” surasi 119-oyatida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ وَكُونُواْ مَعَ الصَّادِقِينَ Ey iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va sodiqlar ila birga bo‘linglar! Vallohu a’lam!
1 May 2022, 05:44 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar