Bomdod namozi vaqti

Assalamu alaykum! Biz hozir 6 kishi musofirchilikdamiz. Bomdod namozini har kuni bitta bittadan o‘qiymiz. Shunda oxiri o‘qiyotgan kishilarni ba’zi hollarda namozi kun chiqish vaqtiga to‘g‘ri kelib qoladi. Kun qizarib quyosh chiqayotganda namoz o‘qilmasligini hammamiz bilamiz. Men bu vaqtda namoz o‘qib bo‘lmaydi deb aytaman, ba’zida esa indamayman. Chunki agar joiz bo‘lsa qazo bo‘lib qolmasin deyman. Bizda quyosh chiqish vaqti (26.08.15) 05-31da oxirgi o‘qiyotgan odam 05-26 da boshlasa shu namoz joizmi? Bu holatda quyosh chiqish vaqti kirganda 05-31 namozni farzi o‘qilib zikr yoki duoda bo‘linadi. Ayrim kunlarda havo bulutli bo‘ladi. Shunday hollarda taqvimga qarab quyosh chiqishiga 5-6 daqiqa qolganda bomdod namozini o‘qish joizmi? Javob uchun oldindan rahmat. Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuhu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1.) Joiz.
2.) Joiz.
Namoz vaqti chiqib ketishi ehtimoli bo‘lgan o‘rinda namozning farzigagina kifoyalanib, sunnat va vojiblarini tark qilish joiz bo‘ladi. Abu Hanifa va Abu Yusuf rohmatullohi alayhimolar bir kun bomdod namozi vaqtida kechikib quyosh chiqishiga yaqin qoldi. Imom Abu Yusuf imomga o‘tib faqat farzlarini ado qilganlar. Shunda Abu Hanifa rohimahulloh “Abu Yusuf faqih bo‘libdi” dedilar. Vallohu a’lam.

28 Aprel 2022, 02:26 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar