Imomni g‘iybat qilish

Assalomu alaykum! Manga bir do‘stim aytgan edi, kishi biror bir imomni g‘iybat qilsa, g‘iybat qilgan kishini xotiniga taloq tushadi, degan edi. Bu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng asosiysi Alloh taolo Qur’oni karimda g‘iybatni harom deb zikr qilgan. Ya’ni g‘iybat qilish shariatimizda harom qilingan amal hisoblanadi. Qat’iy dalillar bilan sobit bo‘lgan haromni halol deyish kufr hisoblanadi. Ammo ba’zi bir o‘rinlarda maslan odamlarni bir kishining yomonligidan, zararidan ogohlantirishni joiz degan. Imomning qaysi jihatini aytilayotganiga qaraladi. Faqat o‘ziga zararli ishlar bilan shug‘illansa uni g‘iybat qilinmaydi. Zarari o‘zgalarga ham etadigan bo‘lsa uni aytib ogohlantirish kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar