Erim safarga ketishdan oldin taloq bergan edi

Assalomu alaykum! Erim menga qilingan tuxmat sababli homilador vaqtimda chet elga ishlashga ketgan. Ketishdan oldin taloq berdi, faqatgina bir taloq. Hozirda qonuniy ajrashmaganmiz, farzandim 1 yoshga kirdi, men qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar rostan bir taloq bergan bo‘lsa homilangizni tug‘ishingiz bilan iddangiz chiqqan bo‘ladi. Boshqa erga tegish uchun uch taloq olish shart emas, bir taloq ham kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar