Dajjolning chiqish joyi

Assalomu alaykum! Men "Dajjol xaqida nima bilasiz" degan kitobda. Dajjol qaerdan chiqib, qaerga boradi degan joyida "Dajjol Sharqdan aniqrog‘i Xurosondan Isfaxonning Yahudiy nomli qishlogidan chiqadi, so‘ngra Iroq bilan Shom o‘rtasidagi Hijozga boradi" deb yozilgan gaplarni o‘qidim. Men buni onamgam aytsam ular menga dajjol aniq qaysi shaxardan chiqishi kelmagan dedilar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mashriqdan Xurosondan chiqadi, Isfaxondan o‘tib Shom bilan Iroq orasidagi jaziraga kiradi degan gap to‘g‘ri. Biz uchun eng muhimi uning fitnasidan panoh so‘rash. Quyidagi hadisda kelgan duoni o‘qing عن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: اللهُمَّ إِنّيِ أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ جَهَنَّمَ وَمِنْ عَذَابِ القَبْرِ وَمِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ وَمِنْ شَرِّ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ «Allohumma inniy a’uzu bika min ’azabi jahannama va min ’azabil qobri va min fitnatil mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o‘qib bo‘lsa, to‘rtta narsadan panoh so‘rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o‘lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning yomonligidan», deb aytdilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
Hozirda odamlar taxminan gapirib folbinlik qilayotganlarning uyida navbatda turishibdi. Ularni Allohga eng yaqin bandalar deb bilishmoqda. Ular bavlingizni ichsangiz shu foyda qiladi desa o‘ylanib ham o‘tirmay ichib yuborishmoqda. Dajjol esa miliard folbindan makkorroqdir. Unga berilgan xunarlar oldida folbinlarniki hech narsa bo‘lmay qoladi. Uning fitnasi hatto qabrdagilarga ham ta’sir qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar