Qarz bermayotganlar haqida

shayx xazratlari mening otam bilan tog‘am kelishib teng sheriklik ish qilishayotgan edi ba‘zi muammolar bilan ishni to‘xtatadigon bo‘ldilar tog‘am esa otamni 10,000 dollor pullarini bermay oldayverdilar so‘ng otam bezor bo‘lib kechib yubordilar chunki tog‘am uyimizga kimlarnidur olib kelib bermaymiz deb zo‘ravonlik qildilar. Otam so‘ng Allohga topshirdim qiyomatga qoldirdim dedilar endi bu to‘palangda onam tog‘amni emas otam yonlarini oldilar. Otamga bildirmay onam sizga savol yozishimni aytdilar. Onam otamni taraflarini olishlari kerakmi yoki Akalari tog‘amnimi iltimos yordam bering otam bechora shuncha qarzga botib ancha tushkunlikka tushib qoldilar. Qarzni berishlari uchun onam sizdan iltimos qilib duolar va maslahatlar berishingizni so‘radilar iltimos xazrat. No maqul savol berib qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr va raxmat bilan murojat qildim Alloh sizdan rozi bo‘lsun!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Onangiz kim haq bo‘lsa, o‘shaning tarafini olishlari kerak. Alloh taolo mushkillaringizni kushoyish aylasin!

2 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar