Ateistga muomila
Assalomu alaykum! Ustozla, man bu yil Alhamdulillah Allohni irodasi bilan Toshkentdagi xalqaro bir institutning talabasi bo‘ldim. Dekanat bizga Starosta (Gurux etakchisi)ni o‘zi saylab berdi. Yoshi mandan kottaligi va etakchilik vazifasini hurmatini qilib oka deb chiroyli muomila qilardim. Ammo bugun u bolani ateist ekanligini bildim. Bu xabarni eshitkan ba’zi kusdoshlarim unga qo‘pollik qilib, urishmoqchiyam bo‘lib yurishipti. Man endi unga nisbatan qanday muomilada bo‘lishim kerak? Xamma o‘z qilmishi uchun qiyomatda o‘zi javob beradi deb, yaqin bo‘lmasa xam muomilasini qilib qo‘yaveraymi yoki umuman aloqani uzib tashlab xaligi bollar kabi yo‘l tutaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar yoshligida qulog‘iga azon va takbir aytilgan bo‘lsa hozir dinsizlik yo‘lini tanlagan bo‘lsa uni murtad deyiladi. Ish yuzasidangina muomala qilishingiz mumkin. Sizlar unga dinimizni chiroyli qilib ko‘rsatinglar. Shoyad, sizlarning muomala va chiroyli axloqingiz sababli hidoyatlansa. Ammo unga tajovuz qilish mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:25 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar