Taomlangandan so‘ng, idishni non bilan surtib o‘sha idishda choy ichish

Assalomu alaykum! Aziz Ustozlar, Alloh ishlaringizga barokotlar bersin. Taom egan idishni non bilan sidirib undan so‘ng choy solib ichishning savobi qanday? Noto‘g‘ri savol bergan bo‘lsam uzr so‘rayman! Javob uchun oldindan rahmat. Alloh yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz uchun Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday gap yo‘q. Asosiy maqsad taom egan idishni tozalab qo‘yish. عن  أم عاصم قالت دخل علينا نبيشة مولى رسول الله صلى الله عليه وسلم ونحن نأكل طعاما فدعوناه فأكل معنا ثم قال حدثنا رسول الله [ ص: 132 ] صلى الله عليه وسلم أنه من أكل في قصعة ثم لحسها استغفرت له القصعة رواه الدارمي Ummu Osim aytadi: “Huzurimizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Nubaysha kirib keldi. Biz taomlanayotgan edik uni ham taomga chaqirdik. U biz bilan taomlandi so‘ng, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir idishda taomlanib so‘ng uni yalab qo‘ysa idish uni haqqiga istig‘for aytadi” deganlar dedi” Dorimiy rivoyati. Demakki idishni tozalab qo‘yish sunnat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:27 | Savol-javoblar | 151 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar