Qazo namozlarimni o‘qishim

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men yaqinda namozni boshladim, bo‘ynimda 15 yillik qazolar bor. Sizlarga bir nechta savollarim bor edi. 1. Qazo namozlarimni xisoblab orqaga sanab o‘qishim mumkinmi? Masalan: avval 2017, 2016, 2015 va xokazo. 2. Niyat qilayotganda kuni va yili niyatga qo‘shib aytiladimi? 3. Kuni va yilini niyat qilgandan keyin sunnat namozlarini xam o‘qishim joizmi? 4. Qazo namozlaridan keyin tasbex aytish kerakmi? 5. Vitr va xayit namozlarining ham qazosi o‘qiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! 1). Bo‘ladi.
2). Eng oxirgi qoldirgan asrni qazosini yoki peshinni qazosini deb niyat qilsangiz bo‘ladi. Falon yil falon kundagi deyishingiz shart emas.
3). Sunnatlari o‘qilmaydi. Tasbeh aytilmaydi.
4). Vitrni qazosi o‘qiladi hayitlarniki o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:18 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar