Namoz vaqtida telefon bo‘lishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, xayirli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Savolim shundan iboratki men bir tashkilotda dispetcher bo‘lib ishleman. Kasbim taqozosidan ishim telefon bilan bog‘liq qo‘ng‘iroqlarga javob berishim kerak bo‘ladi. Ishdaligimda namozlarimni o‘z vaqtida ado qilaman. Shu namoz o‘qiyotgan paytimda gox-goxida qo‘ng‘iroqlar bo‘lib qoladi, javob berishimga to‘g‘ri kelib qoladi. Keyin namozimni boshqatdan niyat qilib boshlayman. Shu namozim durust bo‘ladimi? Sunnatni xam xuddi shunday qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sunnat bilan farz namozlarining orasida javob bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:27 | Savol-javoblar | 145 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar