Tariqatga kirmoqchiman

Assalomu alaykum! Tariqatga kirish uchun ustoz tutish shartmi? Inshaalloh yaqin yillardan tariqatga kirmoqchiman. Men Naqshbandiy tariqatini tanladim. Tariqatga kirganimni hech kimga deyarli bildirmoqchi emasman. Shu boisdan men tariqatchi ustoz tutmasdan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohni kitoblarini mahkam tutib, "Naqshbandiya vazifalar, zikrlar" nomli kitobi bo‘yicha tariqat amallarini qilib borsam men tariqatchi bo‘la olamanmi? Hozirdan hazratning kitoblarini doim o‘qib bormoqdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vazifalarni o‘sha kitobdan qilib turavering. Etuk ustozlardan ruhiy tarbiya borasida ijoza olgan kishilarni topsak, xabar beramiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:28 | Savol-javoblar | 170 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar