Ayollarda g‘usl
Assalomu alaykum! G‘usl bilan bog‘liq maqolani o‘qib chiqqanimda, faqat mayda o‘rilgan sochlargina yuvilmaydi, chunki echish va o‘rish qiyin, degan ma’no kelgan. Buni bilgunimcha, bitta qilib qattiq o‘rilgan sochlarimni echmasdan g‘usl qilardim, chunki sochim uzun (sonimdan) va qalin, o‘rib-echishmas, yuvib-quritish qiyin, ayniqsa sovuq kunlarda. Ko‘pincha ertalab ishga ketishdan oldin g‘usl qilishga to‘g‘ri keladi, chunki bosh tortish mumkinmasku... Bunda qilgan g‘usl qabul bo‘midimi? Bunaqa holatda bizga engillik bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz aytganingizdek, mayda o‘rilganidan boshqasiga joiz emas. Sochingizni kaltaytirib tez quridigan qilib olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 151 | Ayollarga oid masalalar