Taloqdan so‘ng er-xotin bir uyda yashashi mumkinmi?

Assalomu alaykum! Avvalo bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishda olib borayotgan harakatlaringiz uchun sizlarga tashakkur. Turmushim oson kechmagani uchun, turmush o‘rtog‘im bilan o‘rtamizda nizolar oqibatida taloqqa oid so‘zlar ko‘p ishlatilgani bois arosatda qolgan edim. Bunda sizlarning beminnat yordamingiz sababli buning hukmiga ham aniqlik kiritdim. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin! Hozirda farzandlarimning otasi bilan birga bir uyda yashayapmiz. Taqdir taqozosi bilan menga uch taloq tushgan. Er-xotinlik aloqalarimiz yo‘q. Honalarimiz alohida, lekin bir uyda bo‘lganligimiz sababli ba’zida muloqot qilishimizga to‘g‘ri keladi. Farzandlarimning otasi ko‘p hollarda menga teginishga xarakat qiladilar. E’tiroz bildirsam jahllari chiqib, urishib ketyaptilar. Farzandimiz 3 ta bo‘lgani uchun, yuz-ko‘z qilganim uchun shu uyda yashayapman. Ammo vaziyat borgan sari qiyin bo‘lyapti. Ba’zan uxlab yotgan joyimga ham kirib kelyaptilar. Ko‘zimni chirt yumib uydan chiqsammikin degan xayol menga tinchlik bermayapti. Chiqmay desam bu vaziyat borgan sari chigallashyapti. Uch taloqdan so‘ng ayol erinikida yashashning hukmi qanday? Mening holatimda bunga qanday echim topsa bo‘ladi? Iltimos maslahat bering. Qanday yo‘l tutsam har ikki tomonga sal bo‘lsa-da engil bo‘ladi. Ikki o‘t orasidaman. Javobingizni intizorlik kutaman. Alloh ajringizni bersin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alohida chiqib keting. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 135 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar