Namozga muhabbat

Assalomu alaykum! 1. Hurmatli ustozlar mening ko‘nglim g‘ash bo‘layotgan narsa bor bu namozga negadir o‘z vaqtida o‘qishga juda shoshilmayabman bular asosan peshin va Xufton ba’zida asirni ham yarim soatlarcha kechiktirib qo‘yyabman Iltimos men 1 kunda o‘rtacha qancha zikr qilsam namozga shoshilishimni aytinglar, shayton qalbimdan chiqishi uchun. Masjidga muhabbatim negadur sustlashib qoldi agar uni yonidan o‘tayotganimda azon chaqirib qolsa kiraman ammo uyda bo‘lsam masjidga ham chiqishga negadur shoshilib harakat qilmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yodlagan suralaringizni ma’nolarini ham yodlab, zam sura qilayotganingizda ma’nolarini tafakkur qilib o‘qing. “Ruhiy tarbiya” kitobini o‘qing va o‘qiganlaringizga amal qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:13 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar