Shevalarni masxaralash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ba’zi insonlarni turli shevalarda hazillashib yoki mazax tariqasida gapirishlarini eshitib qolamiz. Yurtimizda Namangan, Andijon, Buxoro shevalarida mazaxday gaplashish, savol bersangiz o‘sha shevalarda javob berishlar ko‘payib ketdi. Bu shaxsan mening g‘ashimga tegadi, yoqmaydi. Ustozlar odamlarni mana shunday masxara qilib gaplashishga shariatimiz nima deydi? Sizlarni javoblaringizni shu do‘stlarimga ko‘rsatardim. Zora aqllarini yig‘ishib olishsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Humaza” surasida marhamat qiladi: وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ 1. Har bir obro‘ to‘kuvchi va ayblovchiga vayl bo‘lsin.
Odamlarning obro‘sini g‘iybat yo‘llari bilan ko‘p to‘kuvchi odam arab tilida «humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiyning nomi yoki «holiga voy», «halok bo‘lsin» degan ma’nodagi so‘z ekanini oldin ham o‘rganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega bo‘lganlarning barchasi do‘zaxga tushadi va ularning ahvoliga voy bo‘ladi, deydi Alloh taolo. Chunki mo‘min kishining qonini to‘kish qanchalik gunoh bo‘lsa, obro‘sini to‘kish ham shunchalik gunoh. Odam o‘ldirib – qon to‘kib gunoh qilganlar jahannamga tushganlaridek, g‘iybat qilib – obro‘ to‘kib, kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 160 | Ta’lim va muta’allim