Homiladorlik vaqtidagi namoz
Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Homiladorlikning boshlanish bosqichida ro‘y beradigan taksikoz bo‘yicha savol bermoqchi edim. Alhamdulillah ikkinchi farzandimga homiladorman. Birinchimda unday bo‘lmagan, lekin hozir taksikoz, ya’ni ko‘ngil aynishi, qayt qilish, holsizlik bezovta qilyapti. Shu sabab, o‘tirib namoz o‘qishga majbur bo‘lyapman, sajdada boshim erga tegadi, agar juda kuchli bo‘lsa qazo qilgandan ko‘ra, deb qarshimga kursi qo‘yib, unga bosh tekkizib sajda qilaman. Turib o‘qishning iloji bo‘lmayapti, shuningdek qazo qilishni xam istamayman. Inshaalloh yaxshi bo‘lib ketsam, ilgarigidek o‘qiyman. Ungacha namozlarim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo qodir bo‘lganingizcha o‘qishga buyurgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo qodir bo‘lganingizcha o‘qishga buyurgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar