Turli hikmat va aforizmlar ham amri ma’rufmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohim ilmingizni mudom ziyoda aylasin! Bir mavzuga oid ikki xil savolim bor edi. Ular quyidagicha: 1. Insonlarni ezgulikka chorlovchi, zulmni qoralovchi she’rlar, monologlar, badiiy ijod namunalari, suratlar, qo‘shiqlar, kino filmlar amri ma’ruf bo‘la oladimi? 2). O‘zi musulmon bo‘lmasa-da, biroq jahon adabiyotiga katta hissa qo‘shgan, ko‘plab hikmatli so‘z va aforizmlar muallifi bo‘lgan taniqli shaxslarning ezgulikka chorlovchi ijod namunalarini targ‘ib etish ham amri ma’ruf bo‘la oladimi? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “She’rda ham hikmat bor” deganlar. Bu, ular ichida shirk va noshar’iy gaplar bor-yo‘qligiga bog‘liq. Juda ko‘p hikmatli deb aytilgan so‘zlar ichiga shirk va noto‘g‘ri aqiydalar kirib qolgan. Shuning uchun butkul qora yoki butkul oq deyish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:36 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar