Bizdan emas hadislari haqida
Assalomu alaykum! Ayrim turdagi hadisi Shariflarni oqib qolsak , "Bizdan emas" kalimasiga guvoh bolamiz? Hazratning "bozor " kitoblarida "bizdan emas " ni "mening dinimda emas" deganlaridir deb sharhlagan ekanlar 28- bet. Misol: "kim aldasa / makr qilsa bizdan emas " bu hadisga muvofiq aldagan kishi musulmon emasmi? uni hukmi qanday? Oxiratda kechirilishi mumkinmi? biz Alloh taolo faqat oziga shirk keltirganlarni kechirmaydi, qolganini ozi hohlaganini kechiradi , hohlaganini kechirmaydi deb eshitgandik, Aldov bilan shugullanuvchilarni hukmi qanday? Aldovni halol sanab qiluvchi kishi bilan aldovni haromligini tan olib aldov bilan shugullanuvchi kishilarni hukmichi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Modomiki o‘sha qilgan o‘g‘irligi yoki yolg‘onini yoki tarozidan urib qolishini halol sanamagunicha musulmon emas deyilmaydi. Bizdan emasning ma’nosi esa dini mukammal bo‘lmaydi, amali nuqsonli degan ma’noda aytilgan. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 167 | Islam