Ahli kitobning so‘ygan jonliqlari halolmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim shu: “Moida” surasining 5-oyatida shunday so‘zlar bor ekan. “Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir”. Bu degani xristianlar yoki yahudiylar ovqatlariga go‘sht yoki tovuq mahsulotlari solishadi, axir ular bu jonzotlarni Bismillah Allohu Akbar deb so‘yishmaydi-ku. Bu oyat qanday tafsir qilingan, ularning taomlari biz uchun halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha vaqtlarda shunday deb so‘yishar edi. Hozirgi kunda ham yahudiylar bunga amal qilishadi. Nasorolarning ko‘pi esa amal qilmay qo‘ygan. Shuning uchun ularning taomini eb bo‘lmaydi. Go‘shtdan boshqa sabzavotlar solinganlarini eyish mumkin. Yahudiylar o‘zlari so‘yganini kasher, deb nomlashadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 148 | Qur’oni karim