Dollordagi savdo
Assalomu alaykum! Men bir nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan dokonga 1060$ lik mahsulotni 1oy muddatga nasiyaga berdim. 1oydan so‘ng menga pullarni so‘mda qaytardi. Chunki ular so‘mga pichib mijozga sotadi, doim so‘mga ish qiladi. Bunday dokonlar kurs ko‘p o‘zgargani uchun dollorni 1ta qiymatda belgilab oladi, hisob kitobda adashmaslik uchun. Ular dollor qiymatini 1$=
10so‘m qilib belgilab olgan ekan. O‘sha kuni kurs 11075so‘m edi. Lekin men pullarni dollor qilmadim so‘mligicha qoldi. Hozir kurs 11015so‘m. Agar men pulni olgan kunimdagi kurs bo‘yicha hisoblasam 26500so‘m, bugungi kurs bo‘yicha hisoblasam 90100so‘m pul ortib qolyapti, yana kurs tinimsiz har kuni o‘zgarib boryapti. Bu holatda ribo yo‘qmi? 2) birontasiga dollorda narsa sotsam u pulni so‘mda qaytarsa so‘ng men pulni o‘sha zaxoti dollor qilmasdan jarayonni kuzatib turib dollor oshishi yoki kamayishiga qarab (foyda olish maqsadida) bir qancha muddatdan so‘ng pulni dollor qilib olsam bo‘ladimi? Iltimos batafsilroq tushuntirsangiz chunki shu faoliyatni yo‘lga qo‘yyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ribo yo‘q.2). Joiz. Qarz yoki savdo tufayli zimmaga tushgan qarzdorlikni boshqa pul birligida qaytarishni talab qilish joiz emas. Qarz zimmaga tushganida qanday pul birligida bo‘lsa qarzdor o‘shandan boshqasini berishdan bosh tortish huquqiga ega. Ammo ikki tarafning roziligi bilan qarzdorlik yopilayotgan paytda istalgan kursda boshqa pul birligida qaytarish mumkin. Vallohu a’lam!
4 Iyul 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 196 | Moliya va tijorat