Rossiyada qazo ro‘zalarni tutishda vaqt masalasi

Assalomu alaykum! Uztozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Men hozir Rossiyada edim. Qazo ro‘zalarimni tutmoqchiman, shunda og‘iz yopish vaqtini bilmayapman. Bu erda namozlarimni shu erning taqvimiga qarab o‘qiyman. Masalan, taqvimga fajr 4:49da vasxod (quyosh) 7:24 da deb belgilangan. Shuni qanday belgilasam bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha erning taqvimiga qarab tuting. Fajr vaqti kirgunicha niyat qilib eb-ichishdan to‘xtang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar