Xayolan taloq qilsa bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, men taloq haqida o‘ylab turgan edim, shunda o‘zim xohlamagan holatda ayolimga taloq berish so‘zi xayolimda aylandi. Keyin tilimdan ovoz chiqmagan holatda tilimda shu so‘z aylana boshladi. So‘zning yarmiga bormasdan tilimni tishlab oldim. Men xayolimda taloq aytildi, boshqa joyda edim, ayolim yo‘q edi. Taloq berish niyatim yo‘q edi, taloq haqida o‘ylayotgan edim. Shu holatda taloq tushadimi? 2). Ayrim holatda ayolim yonimda turganda xayolimga taloq berish fikri yoki shunga o‘xshash so‘zlar keladi, lekin so‘zlarni gapirmayman. Boshqa narsaga chalg‘ishga harakat qilaman, ayolim bilan yaxshi holatda bo‘lsam ham shu so‘zlar keladi. Shunda taloq tushadimi? 3). Taloq so‘zini aytsa, ayol eshitmasa tushadimi? Odamlardan hech kim eshitmasa-chi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloqni o‘ylash bilan taloq tushmaydi. Xotinini qasd qilib taloq so‘zini aytsa, ayoli eshitmasa ham, hech kim eshitmasa ham tushadi. O‘zi eshitsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:38 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar