Farzand tilash

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yoshi 50ga borgan bir inson haqida eshitdim. Uning oldiga farzand tilab, o‘g‘il yoki qiz xohlab borishar, u inson Qur’oni Karimdan oyat-u duo o‘qib qaytarma qilar va ma’lum vaqt oralig‘ida homila bo‘layotgan emish. Mening ovsinim qiz xohlab borishdi, Allohga shukurlar bo‘lsin qizli bo‘lishdi. Qaynonam Namozxon lekin, shunaqa ishlarga ishonishadi. Allohni xohishi, sababchisi o‘sha kishi dedim. Tilab olinganligi uchun 3 oylik bo‘lgach u kishi chaqaloqning og‘ziga tupirishi kerak emish. Men sizlarning telegramdagi bir nechta saytlaringni muntazam o‘qib boraman va o‘zimga ko‘pdan-ko‘p foydalarni olmoqdaman. Lekin yoshi katta qaynonamga u shunchaki tasodifligi tushuntira olmayapman. Yana bir ovsinimga o‘g‘il tilab borishmoqchi. Javob berishlaring bilan InshaAlloh qaynonamga o‘qib beraman. Sizlarga katta rahmatlar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh beradigan narsani boshqadan so‘rash shirk hisoblanadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 06:52 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar