Buddaviylik meditatsiyasi

Assalomu alaykum! Allohim xayrli ishlaringizda O‘zi madadkor bo‘lsin. Xozirda ommalashib borayotgan qalbshunoslik, parapsixologiyada bajariladigan meditatsiyalar, xususan "vipassana, kundalini" kabilar dinimizda joizmi? Ushbu terminlar buddaviylik atamalari xisoblanadi. Ushbu psixologiya turi inson ongini kengaytirish orqali kasalliklaridan tuzalishni o‘rgatadi. Davo topish niyatida o‘rgansa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Chunki Islom dinida ularda zikr qilingandan ming chandon afzal zikrlar, muroqaba va dam solishlar bor. Shariatga muvofiq qilinsa bo‘ldi. Bular shifoligi vahiy orqali ma’lum bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:41 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar