Bir nechtadan savol berish

Assalomu alaykum, muhtaram ustoz! Qadrli Shayx hazratlari!Ustoz sizni urintirib qo‘yganim uchun uzr so‘rayman. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga sahobalar (roziyallohu anhum) ham bir savol berishda 2-3 ta savol bilan murojaat qilishgani haqidagi rivoyatlarni o‘qigandim. Uning sharhida 2-3 ta savolni berish joiz deyilganligi uchun alohida mavzu ochmay, savollarim hammasi bitta mavzuda bo‘lganligi uchun bir yo‘la bergandim. Yana Jabroil alayhissalomning paygambar sollallohu alayhi vasallamga bir nechta savollar bilan murojaat qilganlari rivoyatlarda sobitdir. Albatta bu savollarni berishimdan maqsad dinni o‘rganishdir. Alloh tanu-joningizni sog‘ qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bir savolga javob berib bo‘lganlaridan keyin ikkinchi savol berilgan. Sizga o‘xshab uchtasini birdaniga bermagan. Diynni o‘rganish niyatidagi odam o‘zi undan ilm istagan odamni hurmatini qilish va aytganiga amal qilishi kerak bo‘ladi.

5 May 2022, 03:07 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar