Qalin puli yoki mahr haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda uylanmoqchiman. Uydagilarni sovchilikka yubordim. Ular qiz tomonning roziligini olib, ma’lum miqdorda "qalin" pulini ham kelishib olishdi. Shariatimizda kuyov mahrni kelinga berishi shart. Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz bilan telefon orqali gaplashdim: «Mahrni o‘sha ota-onalarimiz kelishgan "qalin" pulidan (miqdorini aytdim) olishini va mahr seni mulking, shuncha miqdordagi mahrga rozimisan» dedim. U roziligini bildirdi va «o‘zim olganim bilan baribir ayamga beraman o‘z xohishim bilan», dedi. Ushbu tutgan yo‘lim to‘g‘rimi? Mahr o‘rnida o‘tadimi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda qalin puli degan gap yo‘q. Chunki qalin puli hur ayolni sotib olish hisoblanadi. Mahrini kimga berish yoki o‘zida olib qolish ayol kishining ixtiyori. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar