Odamlarni aldab qimor o‘ynaganman

Assalomu alaykum! Men bundan bir necha oylar avval mostbet onlayn kazinoga berilib ketdim va ancha pul yo‘qotdim qarzga botdim. Shu vaqtlarda tanishlarimdan pul so‘rardim va yolg‘on ishlatib pul olardim. Bir safar qizim og‘ir kasal operattsiya qildirishim kerak yordam beringlar deb aldab pul olganman. Xozir Allohga shukur 5 vaqt namoz o‘qiyabman, o‘ylanib qolaman aytgan yolg‘onlarim xaqiqatga aylanmasmikan deb va qo‘rqib ketaman rostdan xam qizlarim kasal bo‘lib qolishsachi degan xayol chulg‘ab oladi. Alloh meni gunoxlarim uchun jazolab qo‘ymaydimikan deyman tavba qilaman namozlarda bardavom bo‘lishga xarakat qilaman. Iltimos yordam bering maslaxat bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzlaringizni tez qaytarib berib roziligini oling. Tavba qiling. Alloh haqiqiy tavba qilgan bandalariga mehribon rahmli Zotdir. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar