Namozda telefonga chalg‘isa

Assalomu alaykum! Shom namozini uch kishi o‘qiyotgan edik, men imom edim. Uchinchi rakaatga attaxiyatga o‘tirganda, qo‘l telefonim jiringlab qoldi. Xayolim buzilib, o‘zim maxfiy salom berib turib ketdim. Qolganlar o‘zlari salom berib namozni tugatdilar. Bu vaziyatda nima qilishimiz kerak edi? Qaytib o‘qiylikmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qayta o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar