Taloq haqida tushuncha bersangiz

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlardan bir masalaga oydinlik kiritib berishinglarni iltimos qilyapman. Ayolim bilan janjallashib qolgan paytimda unga jahl ustida boshing ochiq, javobing o‘zing bilan deb aytgan edim. Ayolim esa sizlarga shu masala bo‘yicha savol jo‘natgan ekan. U savol quyidagicha: Xo‘jaynim bilan ko‘p janjallashamiz. U achchiq ustida hozir taloqsan, degan gapni ko‘p ishlatadi. Hozir men onamlarnikidaman, xo‘jaynim telefon qilib “bo‘ldi boshing ochiq deyaver, xohlasang taloq deb tushun” dedi. Shunga iltimos aniqlik kiritib beringlar, degan savoliga sizlardan:  Necha marotaba aytgan bo‘lsa, u gaplar bilan o‘shancha taloq tushadi, degan javob kelyapti. Mening savolim esa quyidagicha: Janjalni bostirish uchun hozir taloq aytib yuborish hech narsa emas, shuning uchun o‘zingizni bosib oling, degan niyatda aytilsa ham taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Boshing ochiq deyaver, xohlasang taloq deb tushun” degan gap uchun sizni niyatingiz kerak emas. Oraga taloq tushadi. Nechtaligini aniqlab olish uchun ikki tomonning guvohligida jonli majlisda aniqlab olinglar. O‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga uchrab, jonli ravishda masalaga aniqlik kiritib olinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar