Yolg‘on qasam haqida
Assalomu alaykum! Men akamga yolg‘ondan qilgan gunohimni tan olmay Hudo haqqi deb ayttim. Akam aldama keyin afsuslanasan dedi. Men afsuslanmayman deb tan olmadim. Akam oldida o‘zimi aybimni yashirdim. Hozir qo‘rqib ketyapman. O‘sha aybim gunohim ham zino qilgandim. Menga maslahat bering. Astog‘firulloh afsuslanyapman...
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz zinodek ulkan gunohga botib, buni yashirish uchun g‘amus qasam ichibsiz. Ikkisi ham gunohi kabiralardandir.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Gunohi kabiralar: Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va g‘amus qasamdir», dedilar». Buxoriy rivoyat qilgan.
Lekin sizda Allohdan qo‘rquv, pushaymonlik, mag‘firat umidi bor ekanki gunohingizga iqror bo‘libsiz. Alloh taologa tinmay istig‘for ayting, tavba qiling. Bu gunohlarga boshqa hech qachon qo‘l urmang. Haqiqiy tavba qilib, unga qaytgan bandasini Alloh taolo qabul qiladi, O‘z rahmatiga oladi.
Alloh taolo:
53. (Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Imom Buxoriy Sa’iyd ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, ko‘plab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen da’vat qilayotgan narsa juda ham go‘zal. Qani ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb so‘rashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilgan ekan.
Tafsirchi ulamolarimizning ta’kidlashlaricha, bu oyati karima Qur’ondagi umidvorlik baxsh etuvchi eng kuchli oyat hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug‘ bashorat bor.
Avvalo, Alloh taolo:
«Ey o‘z jonlariga isrof (javr) qilgan bandalarim», deb bandalariga O‘z nisbatini bermoqda.
Aslida «isrof» deb mol-dunyoni ortiqcha sarflashga aytiladi. Biroq, bu so‘z ma’naviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi bo‘ladi, chunki u Alloh belgilab qo‘ygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam o‘ziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarning gunoh sababli isrofga yo‘l qo‘yib, o‘zlariga jabr etishini aytmoqda.
«Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang
Uning rahmati juda kengdir. «Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar».
Alloh taolo «Niso» surasida shirkdan boshqa barcha gunohlarni mag‘firat etishini ta’kidlagan. Chunki,
«Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Tavba qilgan bandalarning gunohlarini kechiradi.
Avval aytib o‘tilganidek, mufassirlarimiz bu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat deb ta’kidlaydilar va ayni paytda bu umidning gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Ya’ni Alloh barcha gunohlarni kechiradi, degan umid bilan bila turib gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmay, avval gunoh qilib yurganlar ham mag‘firatdan umid uzmasliklari kerakligi aytilyapti. Bu haqiqatni oyatning nozil bo‘lish sababidan ham bildik. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 03:08 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom