Bitboksning hukmi qanday?

Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizga barokotlar bersin. Hozirgi paytda insonlar turli xil narsalar o‘ylab topishgan. Shulardan bittasi bitboks deb nomlanadi. Ya’ni, bu og‘izda har xil tovush chiqarib musiqa yaratish. Bu narsa Evropada ommalashgan. Shu bilan birga O‘zbekistonda ham. Ayrim yoshlarimiz shu bilan shug‘ullanishyapti va bu ommalashib bormoqda. Shu narsaga dinimizda qanday hukm bor? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning o‘rniga ikki dunyosiga foyda bo‘ladigan ishlar bilan mashg‘ul bo‘lsin. Inson buning uchun yaratilgan emas.عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar. (Sunani Dorimiy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:45 | Savol-javoblar | 176 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar