Xotinimga saboq berish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men xorazmdanman. 2014 yilda uylanganman, o‘shanda namoz o‘qiydigan qizga uylanishni niyat qilgan edim, lekin biz tomonlarda namoz o‘qiydigan qizlar juda kam. Uyimdagilar qarindoshlarimizdan qiz topib uylantirishdi. Ayolim ba’zida bomdod namozini o‘qiydi, ba’zida esa o‘qimaydi. Har qancha harakat qilmayin, muntazam o‘qitishning iloji bo‘lmayapti. Ustozlar, eshitishimga qaraganda, erta qiyomat kuni har bir erdan xotini haqida so‘ralar ekan, xotinimga yaxshi gap bilan ham tushuntirdim, urib ham ko‘rdim. Foydasi bo‘lmayapti, iltimos, maslahat beringlar. Avratlarini yopib yurishni-ku aytmasam ham bo‘ladi. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabr qiling, pokiza ayollarning huzuriga olib boring. Ayollar kuykanak bo‘lishadi. O‘zlaridan ko‘ra solihalarni ko‘rganlarida ularga o‘xshashga intilishadi, harakat qilishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 202 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar