Kifoya qiladi

Assalomu alaykum! Oldingi savollarning ba’zilariga "kifoya qiladi" deb javob berilgan. Misol uchun : G‘uslning avvalidagi tahoratda og‘iz va burunni yuvish kifoya qiladi deyilgan ekan. Men bu javobni "Demak g‘uslning davomida ham og‘iz va burunni yuvsa bo‘lar ekan " deb tushunmoqdaman . Bunday savollarni shunday tushunishim to‘g‘rimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir marta og‘iz va burunni chayish bilan g‘uslning farzi ado bo‘ladi.  Kifoya qiladi degani “tahoratda yuvgani g‘uslning farziga o‘tadi” degani. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar