Banijon jamoasi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, noto‘g‘ri savol berayotgan bo‘lsam, uzrimni qabul qilishingizni so‘rayman. Men ijtimoiy tarmoqda ustoz Qosimjon domlaning darsini tingladim. U kishi odamning yaratilishi to‘g‘risida ma’ruza qilayotib, odamdan oldin Alloh taolo sinab ko‘rish maqsadida Banijon jamoasini yaratgan, dedilar. Ular er yuzida buzg‘unchilik ishlarni qilganlari sabab, batamom er yuzidan yo‘q qilingan ekan. Banijon jamosining yaratilganligi Ar-Rohman surasida keltirilgan ekan. Keyin Odam alayhissalom yaratilibdi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bani farzand degani, jon arabcha so‘z bo‘lib jin degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, jin farzandlari. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar