Ko‘chamizda tashlab ketilgan narsalar
Assalomu alaykum! Ko‘chamizda paketga kichkina qilib o‘rab tashlangan narsalarga ko‘zim tushib qolgandi. Ichini ochib ko‘rmagandim ko‘chamizda uynaydigan bolachalardan so‘ragandim ammo ular o‘ynamas ekan. Shunga o‘xshagan narsa uyimizda ham topilipti, opacham aytib qolgandi. Ichini ochib ko‘rsa tuproq ekan, chiroyli qilib o‘rab qo‘yilgan. Shunga o‘xshash narsalarni ko‘rib qolsam nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘min odam quyida oyatda berilgani kabi e’tiqodda bo‘lishi kerak.
Alloh taolo "Yunus" surasida marhamat qiladi: وَإِن يَمْسَسْكَ اللّهُ بِضُرٍّ فَلاَ كَاشِفَ لَهُ إِلاَّ هُوَ وَإِن يُرِدْكَ بِخَيْرٍ فَلاَ رَآدَّ لِفَضْلِهِ يُصَيبُ بِهِ مَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَهُوَ الْغَفُورُ الرَّحِيمُ 107. Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o‘zga o‘shanga kushoyish beruvchi yo‘qdir. Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo‘qdir. Uni bandalaridan xohlaganiga etkazur. U o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Bandaga foyda yoki zarar etishi Allohning irodasi bilangina bo‘ladi. Ha,
«Agar Alloh seni zarar ila tutsa, Undan o‘zga o‘shanga kushoyish beruvchi yo‘qdir».
Borliqning yagona Xoliqi, Qodiru Molik Zot bir bandani zarar ila tutsa, u ojiz bandaga kim ham yordam berib, mushkuliga kushoyish ato qila olar edi?! Shuningdek,
«Agar U senga yaxshilikni iroda qilsa, Uning fazlini rad qiluvchi ham yo‘qdir».
Alloh yaxshilik keltiradigan ishlarni qilganlarga yaxshilik, yomonlik keltiradigan ishlarni qilganlarga yomonlik etkazishni iroda etgandir. Alloh bandalari ichidan O‘zi xohlaganlarini fazliga erishtiradi. Bu orada bandalardan ba’zi gunohlar sodir bo‘lsa-yu, tavba qilsalar, Alloh ularni mag‘firat etadi. Ularga rahm ko‘rsatadi.
«U o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
U mag‘firat qiluvchi va rahmli Zotdir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:13 | Savol-javoblar | 151 | Administrator