Tarozidan urganni bilib turib aytmasa
Assalomu alaykum! Men bozorda poliz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bitta ayolni bilaman. Har o‘lchagan tarozida o‘lchaydigan idishi bilan hisoblaydi. Natijada har o‘lchanganda kamida 300 gramm kam bo‘ladi. Bir necha marta o‘zimga kam berdi. Keyin undan hech narsa sotib olmaydigan bo‘ldim. Ammo bozorning shu qismidan o‘tayotganimda undan boshqa haridorlar kartoshka, piyoz sotib olyotganini ko‘raman. Ӯsha xaridorlarning yoniga borib tarozi haqida ogohlantirishim shartmi? Bunga kimdir ishonadi, kimdir yo‘q. Bitta xaridorning yoniga borib ogohlantirganimda u menga emas, sotuvchini halolligiga ishondi, ammo sotuvchining urib qolganiga ishonchim komil edi. Sotuvchi esa meni quvib soldi. Bu o‘tib ketdi. Savolim: Agar yana xuddi shunday vaziyatning guvohi bo‘lsam, xaridorni ogohlantirishimning men uchun hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir og‘iz ayting, qabul qilsa qildi, qilmasa yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir og‘iz ayting, qabul qilsa qildi, qilmasa yo‘q. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 23:16 | Savol-javoblar | 171 | Moliya va tijorat