Savdoda qarindoshchilik
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, men amakimning qo‘lida savdoda ishlab kelayapman. Alhamdulillah hech narsadan kam bo‘lganim yo‘q. Ishlarimiz ancha kengayib, mahsulotlarimizga talab ham ortib bormoqda Alhamdulillah. Ish salmog‘imiz oshib borayotgani uchun amakim amakivachchamni menga sherik qilib bermoqchi. Asli amakivachcham ham hamkasbim, faqat u boshqa narsalarga javobgar shuning uchun ishlarimiz ayri. Amakimning bu taklifi menga ma’qul kelmay turibdi. Ma’qul kelmagan tomoni dunyoviy biron maqsadga bog‘liqlik joyi yo‘q. Sababi shuki, amakivachcham namoz o‘qimaydi, aroq ichadi, chekadi. Otasidan meros xarakteri ham bor, shunday ishga kelsa darhol liderlikni qo‘lga olib, boshqarishga o‘zini plani bo‘yicha ish yuritishga o‘tadi. Ikkimiz ikki xil odammiz. Lekin, ish yuritishga, hisob-kitobga juda epchil, aqlli bola. Hasadchi, ig‘vogar emas. Shunday bo‘lsa-da, uni ko‘p xarakterlari menga ma’qul kelmaydi. Savdoda ham ulardan ajrab boshqa yo‘nalishga chiqib ketganimning asli sababi ham shu. Meni mensishmay qo‘yishganida tovar tarqatishga chiqib ketdim. Alhamdulillah katta yutuqlarga erishib, ulardan alhamdulillah o‘zib ketdim. Endi yana shu inson bilan ishlash meni xavotirga solayapti. Ustozlar, amakimning shu taklifiga rad javobini bersam. Amakivachchamga zulm qilgan bo‘lmaymanmi? U bilan ishlashni negadir qalbim istamayapti. Men bu taklifga raddiya bildirishga haqlimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish buzilib oraga sovuqchilik tushmasidan oldin oshkora aytavering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish buzilib oraga sovuqchilik tushmasidan oldin oshkora aytavering. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:47 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat