Eko holatida namoz
Assalomu alaykum! Biz eko qildiryapmiz, 2 marta o‘xshamadi, 3 bor harakat qilmoqchimiz. Ekoda embrion qo‘yilganidan so‘ng, 12 kun davomida o‘zini asrash yotish kerak. Namozlarimni qazo qilmoqchi emasman, tik turgan holda ruku sajdasiz o‘qisam maylimi? 2. Tahorat qilgandim bundan oldingi eko urinishlarda ham, balkim tayammum qilsam o‘zimni ehtiyot qilarmidim faqat 12 kun. Ijobiy natija bulsa yana tahorat qilaman inshoolloh. 3. Alloh nassib qilsa homilador bo‘lsam shu oy, ramazon oyi ro‘zasini tuta olmayman, chunki ekodan so‘ng kunda 3 mahal dori-ukolkar qilish kerak. Qoldirilgan ro‘zamni qazosini tutib beraman va har kun uchun fidya beramanmi yoki kafforat ro‘za tutamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2) Tahoratni ham namozni ham mukammal qiling. Bulardan boshqa faoliyatlarni cheklasangiz bo‘ladi. Agar shu 12 kun ichida homila rivojlanib ketishiga ruku sajdaning ta’siri borligi va namozni vaqtincha imo-ishora bilan o‘qib turish lozimligi isbotlansa, shunday qilsangiz bo‘ladi. 3) Agar o‘sha muolajalar ishonchli tabib tarafidan zaruriy deb topilsa ro‘za tutmagan kunlaringizning qazosini boshqa kunlarda tutib berasiz. Kafforot vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 144 | Namoz