Taloqdan so‘ng qayta nikohlanish joizmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, opam turmushga chiqqaniga to‘rt yil bo‘ldi, lekin oilaga moslasholmadimi, oilasida ko‘p janjallar bo‘lib turadi. Opam bilan pochcham janjallashgan paytda, pochcham uch taloq so‘zini ko‘p ishlatadi. shu sababli uch marta taloq tushib, uch martta qayta nikoh o‘qitishdi. Hozirda opamning uch yoshli farzandi ham bor. Lekin yaqinda ham janjal sabab, opam bizning uyimizga keldilar. To‘g‘ri opamdan ham o‘tib turadi. Pochcham ham kun ora ichkilik ichadi. Savolim shundan iborat: Qaytadan uch marta o‘qitishgan nikohi durustmi yoki yana farzand ko‘rishsa halol bo‘ladimi? Opamga shariatda ko‘rsatilgan to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib o‘tsangiz yoki yana janjalda taloq tushishining oldini olib ajrashganlari yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holatda ularni qayta nikohlanishlarga shar’an yo‘l yo‘q. Iddasini o‘tirsin va boshqa odam bilan turmush qursin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:48 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush