Farzanda tarbiyasi uchun beva o‘tgan ayollar

Assalomu alaykum! Ustozlar, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni : O‘zlarining farzandlari tarbiyasi uchun turmushga chiqmagan beva ayollar qiyomatda men bilan yonma-yon turishadi degan ma’nodagi xadislari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahobalardan bir nechtalari ayollariga “Agar jannatda men bilan birga bo‘lishni xohlasang boshqa turmush qurma” deganlar. Chunki hadislarda ayol oxirgi turmushga chiqqani bilan birga bo‘ladi deyilgan. Shariatimizda ayol boshqaga turmushga chiqsa farzandlari onaning qo‘lidan olinib boshqaga beriladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandlarning tarbiyasini o‘ylab sabr qilgan ayol haqida quyidagi hadisni aytganlar. عن عوف بن مالك الأشجعي - رضي الله عنه - قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " أنا وامرأة سفعاء الخدين كهاتين يوم القيامة " . وأومأ يزيد بن ذريع إلى الوسطى والسبابة " امرأة آمت من زوجها ، ذات منصب وجمال ، حبست نفسها على يتاماها حتى بانوا أو ماتوا " . رواه أبو داود  Avf ibn Molik al Ashja’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men va(mashaqqat va tanglikdan) yuzi o‘zgargan ayol  qiyomat kuni men bilan mana bunday dedilar va hadisni rivoyat qilgan Yazib ibn Zuray’ o‘rta barmog‘i bilan ko‘rsatgich barmog‘ini juftladilar. U ayol eridan beva qolib mansab, jamol egasi bo‘lsada bolalari balog‘atga etguncha yoki vafot topgunicha etimlarga(shafqat qilib) boshqa turmush qurishdan o‘zini man qilgan” dedlar. Abu Dovud rivoyati.
Bu holat qachonki ayol nafsini jilovlay ololsa va zinoga qo‘l urib qo‘yish xavfi bo‘lmasa. Yoki eridan afzalroq odam chiqmasa. Chunki sahobalardan Abu Salama vafotidan oldin ayolini turmushga chiqishini vasiyat qilganlar. Keyin Ummu Salama roziyallohu anhoga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylanganlar.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar