Pessimist

Assalomu alaykum! Ustozlar yakinda boshimga biroz tashvish tuship, sogligimnt yokotdim natijada ishimdan ayrildim, ancha paytgacha uyda kolishga to‘g‘ri keldi, tushkunlik apatiya buldi, lekin bu narsa Allohga kaytishimga yordam berdich takdir kazoi Kadar rizk xakida tushunchalarim paydo buldi, xayot da muvaffakiyatga osonlikcha erishib bulmasligi doim sinovlar kiyinchilik bulishi degan xulosa paydo buldi, xozirda yangi ish boshlamokchiman birok birmuammo kiynayveryapti xar xil rejalar bor kayst ishni boshlamokchi bulmayin doim ishni kiyin tomonlarini, duch kelishim mumkin bulgan muammolarni, yomon okibatlari xayolimdan utip motivatsiyamni tushirip yuboryapti yani pessimist bulib kolganga uxshayman. 1)Buni kandok engib utsa buladi, 2) Xayotda optimist bulish kerak deydi odamlar, musulmon odamga xam tegishlimt shu gap?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz Allohga suyaning bo‘ldi. Har bir ishda “Ey Allohim madad ber” deb boshlang. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:32 | Savol-javoblar | 173 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar