Cho‘chqa boqarga narsa berish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizni malochka yogurt maxsulotlari ishlab chiqaramiz. O‘sha maxsulotdan vazvarat qaytadi, qaytgan yogurtni cho‘chqa boqarlar cho‘chqasiga olib ketadi. Yogurtni vazvaratini cho‘chqadan boshqa narsa emas ekan. Ustozlar ushni ularga berib biz gunohkor bo‘lmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘shandan keladigan foydadan vos kechib ko‘mib tashlanglar. Yoki boshqa mumkin tomonga ishlatinglar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:52 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar