“Moli muzoraba” haqida

“Moli muzoraba” haqida so‘ramoqchi edim. Bir oziq-ovqat do‘koniga egasi bilan kelishib, un savdosini yo‘lga qo‘yish uchun pul bersam. Unni qanchaga olib sotishgacha bo‘lgan hamma harajatlarini hisoblab chiqib, misol tariqasida bir qop undan 4000 so‘m foyda bo‘lishini aniqlab, foydaning yarmi menga, yarmi unga qolishi to‘g‘risida kelishib olgandan keyin, savdo boshlangach 10 kundan so‘ng do‘konga kirib, olingan undan 100 qopi sotilganiga do‘kon egasi bilan birga amin bo‘lsak, men qopiga 2 mingdan, 100 qopiga 200 ming so‘m olib foydalanib yursam bo‘ladimi? Izlash xizmati orqali deyarli shu mazmundagi savolni topdim. Ammo javobida “fiqh.uz dan izlab toping” degan ekansiz. Men yuqoridagi saytdan topa olmadim. Balki qaerdan izlashni bilmagandirman. Saytlaringizdan yaqindagina foydalana boshladim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunda qachon foydani olishni ham kelishib olinadi. Bo‘lmasa sheriklik ishiga futur etishi mumkin.

26 May 2022, 17:11 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar