Xutba o‘quvchining qo‘lidagi hassa
Assalomu alaykum! Juma va hayit xutbasi vaqtida xotib minbarda nima uchun hassa ushlab turadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fatavoi Tatarxoniyada: “Imom qilich yoki asoga suyanib xutba qilsa joiz. Lekin makruh”, deyilgan. Fatavoi Hindiyda: “Imom qilich yoki asoga suyanib xutba qilishi makruhdir. Xulasatul fatavo va Muhiytda ham shunday”, deyilgan. Hanafiy mazhabida sahih qavlga ko‘ra asoga suyanish joiz, makruh emas. (Sharhu sifris saoda). Raddul muxtor kitobida: “Aso tutish qoim turish kabi sunnatdir” deyilgan. Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda “Rasululloh solallohu alayhi vasallam (xutba qilayotganlarida) aso yoki qilichga suyanib turdilar”, deyilgan. Ashraf Ali Tahonaviy rohimahulloh “Asoga suyanish sunnat. Lekin sunnati muakkada emas. Sunnati muakkada yoki zaruriy deb bilish hamda aso tutmaganni malomat qilish makruhdir. Omma jumaning shartlaridan deb o‘ylab qolmasliklari uchun goh goh tark qilib turish kerak” degan. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 161 | Namoz